Xorijiy davlatlarda qiyin vaziyatda qolgan 1 ming 300 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

Oʻzbekistonga qaytarilganlar orasida ayollar, bolalar, jazoni oʻtash muassasalarida saqlanayotgan hamda bir necha oy davomida xorijiy mamlakatlarning deportatsiya markazlarida qolib ketgan fuqarolar ham boʻlgan.

16:54 12.09.2025
Tramp Markaziy Osiyoga tashrif buyurgan birinchi AQSH prezidenti boʻlishi mumkinmi?

Markaziy Osiyo dunyoda AQSH prezidenti hech qachon tashrif buyurmagan yagona mintaqadir.

16:06 12.09.2025
Oydin koʻchalar...

Bugun yurtdoshlarimiz farovon turmush kechirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli va maroqli oʻtkazishga intilmoqda.

15:57 12.09.2025
Gʻoliblarga sayohat yoʻllanmasi beriladi

Guliston davlat universitetida birinchi kurs talabalarining mazkur oliy taʼlim muassasasi hayotiga moslashishi, intellektual salohiyatini yuksaltirishi va kelajak sari dadil qadam qoʻyishiga koʻmaklashish maqsadida “Birinchi kurs maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

15:46 12.09.2025
Senator Uychi tumanida uchrashuvlar oʻtkazdi

Tadbir davomida aholi murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni amaliy hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

15:44 12.09.2025
Faol hayot sari qadam

Samarqand tumanidagi 74 ta mahallada yolgʻiz yashovchi, oʻzgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi boʻlgan fuqarolar “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida qamrab olingan. Ularga uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam berish, qarab turish, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya va shaxsiy yordamchi xizmatlari koʻrsatilmoqda.

15:43 12.09.2025
Imkonsizlikdan imkon topganlar

Kambagʻallik imkonsizlik emas, bugun harakat qilgan borki, oʻz oilaviy daromadiga ega. Ilgari “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”ga kirib, kasb-hunari orqali oyoqqa turganlar oʻzini kambagʻal deb hisoblamaydi. Koʻpincha kambagʻallik koʻp bolali oilalar, nogironlar va ishsizlarning maʼlum bir bosqichini anglatadi.

15:37 12.09.2025
Jarima ballari tizimi ishga tushirilgach haydovchi aybi bilan sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari 36 foizga qisqardi

Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati uch oy davomida 60 mingdan ortiq haydovchilar jarima ballari olganini maʼlum qildi.

14:49 12.09.2025
Fargʻona tarvuzi Yevropaga eksport qilinmoqda

Fargʻona viloyatidan joriy yilning oʻtgan sakkiz oyida xorijga 16 ming tonna tarvuz eksport qilindi. Natijada ushbu poliz mahsuloti eksporti hajmi 3,5 million dollardan oshishi taʼminlandi.

14:30 12.09.2025
Amonova Zulayxo Xudoymurodovnaning “Tautsin preparatining gepatoprotektorlik xususiyatini oʻrganish” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi e’loni

Amonova Zulayxo Xudoymurodovnaning “Tautsin preparatining gepatoprotektorlik xususiyatini oʻrganish” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi e’loni

14:12 12.09.2025
OChLga qurʼa tashlandi. “Nasaf”ning raqiblari maʼlum

Vladislav Xan shogirdlari qurʼa natijalariga koʻra, musobaqaning “B” guruhidan oʻrin oldi.

13:02 12.09.2025
Falastin davlati boʻlmaydi degan vaʼdamizni bajaramiz — Netanyaxu

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻarbiy sohilda kelajakda Falastin davlatini tashkil qilishni deyarli imkonsiz qiladigan yangi turar-joylar qurish rejasini maʼqulladi.

12:57 12.09.2025
Fermer kichik quyosh elektr stansiyasi barpo etdi

Qorovulbozor tumanidagi “Zamir Amon” fermer xoʻjaligi kamyob kichik quyosh elektr stansiyasiga ega boʻldi. Buning uchun 160 million soʻm sarflandi.

12:21 12.09.2025
Navoiy shahrida “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi”

Navoiy shahrida oʻz ishini boshlagan “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi”da 235 ta togʻ-kon metallurgiyasi, elektrotexnika, elektr energetikasi, kimyo sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar oʻzlarining 3000 ga yaqin mahsulotlari namunalari, oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar, sanoat kooperatsiyasi orqali...

12:12 12.09.2025
Miroblikni kompyuter bajarayotir

“Doʻstlik” kanali bosh inshooti modernizatsiya qilingach, suv taqsimotini masofadan turib boshqarish yoʻlga qoʻyildi. Yaʼni endilikda suv toʻsish darvoza (shlyuz)larini keragicha ochish-yopish bevosita ofisdagi kompyuter orqali amalga oshirilmoqda.

12:10 12.09.2025
Internat uyi chevarlari mahsulotini sotish uchun joy ajratildi

Shu bois ularning qiziqish va ishtiyoqini roʻyobga chiqarish maqsadida ushbu mahsulotlarni sotish uchun bevosita maskanning oʻzida muntazam xayriya yarmarkalari oʻtkazib kelinmoqda.

12:07 12.09.2025
Yakshanbadan havo harorati pasaya boshlaydi

Oʻzbekiston hududiga salqin havo kirib kelishi keyingi haftaning birinchi yarmida ham davom etadi.

11:46 12.09.2025
Tramp Polshadagi AQSH qoʻshinlari kontingentini oshirishi mumkin

Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar tarqatdi.

11:30 12.09.2025

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер