Tramp Polshadagi AQSH qoʻshinlari kontingentini oshirishi mumkin

Foto: AP
AQSH prezidenti Donald Tramp Polsha prezidenti Karol Navrocki bilan suhbatda mamlakat hududida dronlar bilan bogʻliq hodisasi fonida Polshaga koʻproq AQSH qoʻshinlarini yuborish gʻoyasini ilgari surgan. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar tarqatdi.
“Tramp shu oy boshida Vashingtonga tashrifi chogʻida Polshaning yangi saylangan prezidenti Karol Navrockini iliq kutib oldi va hatto Polshaga qoʻshimcha qoʻshin yuborish gʻoyasini ham ilgari surdi”, — deb yozdi gazeta.
Nashrning eslatishicha, iyun oyida NATO davlatlari harbiy xarajatlarni ikki baravar oshirishga kelishib olgan edi.
Shu yilning 12-sentyabr kuni Polsha ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Karolina Galecka mamlakat hududida 17-dronning qoldiqlari topilgani haqida xabar berdi.
Chorshanba kuni respublika bosh vaziri Donald Tusk Polsha harbiylari mamlakat havo hududini buzgan kamida 23 ta dronni qayd etganini aytdi. Ulardan bir nechtasi urib tushirilgan. Bosh vazir voqeada Rossiyani aybladi va NATO Nizomining 4-moddasiga muvofiq ittifoqchilar bilan maslahatlashishni talab qildi.
Uning aytishicha, bu Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlarining mamlakat hududi uzra urib tushirilishi bilan bogʻliq birinchi holat.
Belarus Respublikasi mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari, general-mayor Pavel Muraveykoning taʼkidlashicha, Minsk “adashgan” uchuvchisiz uchoqlar haqidagi maʼlumotni Varshavaga yetkazgan, bu Polsha tomoniga tezkorlik bilan javob qaytarish va ogohlantirish kuchlarini oshirish imkonini bergan.
Rossiya Mudofaa vazirligi 10-sentyabr kuni Polsha hududidagi nishonlarni yoʻq qilish rejalashtirilmaganini taʼkidladi. Bundan tashqari, vazirlik Polsha bilan chegarani kesib oʻtgani taxmin qilinayotgan zarbada qoʻllanilgan Rossiya dronlarining maksimal parvoz masofasi 700 km dan oshmaydi, deya taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring