Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida tashkil etiladigan tijoriy turnirda ishtirok etadi. Bugun, 8-noyabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasining ushbu musobaqada ishtirok etuvchi futbolchilari roʻyxati eʼlon qilindi. Bu haqda OʻFAning rasmiy saytida maʼlumot berildi.
Unga koʻra, Fabio Kannavaro ushbu musobaqa uchun quyidagi futbolchilarni tarkibga jalb etgan:
Darvozabonlar: Abduvohid Neʼmatov, Botirali Ergashev, Vladimir Nazarov.
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov, Muhammadqodir Hamroaliyev, Umar Eshmurodov, Abduqodir Husanov, Abdulla Abdullayev, Husniddin Aliqulov, Hojiakbar Alijonov, Farrux Sayfiyev, Sherzod Nasrullayev.
Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov, Akmal Mozgovoy, Otabek Shukurov, Aziz Gʻaniyev, Aziz Turgʻunboyev, Jamshid Iskandarov, Hojimat Erkinov, Doston Hamdamov, Ruslan Jiyanov, Oston Oʻrunov, Sardor Bahromov.
Hujumchilar: Husayn Norchayev, Igor Sergeyev, Eldor Shomurodov.
Eslatib oʻtamiz, ushbu turnirda Oʻzbekistondan tashqari Eron, Kabo-Verde va Misr terma jamoalari ishtirok etadi. Terma jamoa turnirdagi dastlabki oʻyinini 14-noyabr kuni Misrga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring