Axios: Tramp maʼmuriyati Eron bilan kelishuvni muhokama qilishga tayyor
Axios xabar berishicha, Turkiya, Misr va Qatar hukumatlari Anqara shahrida AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan Eron vakillari oʻrtasida uchrashuv tashkil etish ustida ish olib bormoqda.
Portal suhbatdoshining aytishicha:
“Ish oldinga siljiyapti. Biz qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz”.
Maʼlum qilinishicha, uchrashuv yaqin bir hafta ichida oʻtkazilishi mumkin. Turkiya, Misr va Qatar AQSH hamda Eron oʻrtasidagi maslahatlashuvlar mintaqada urushning oldini olishga xizmat qiladi, deb umid qilmoqda.
Axios yozishicha, Donald Tramp maʼmuriyati turli diplomatik kanallar orqali Eron tomoniga kelishuvga erishish maqsadida uchrashuv oʻtkazishga tayyor ekanini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring