Paxta-toʻqimachilik klasterlariga tegishli Prezident farmoni eʼlon qilindi

Foto: Prezident Matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, farmonga koʻra, paxta-toʻqimachilik klasterlarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga qaratilgan bir qator choralar belgilanmoqda. Xususan, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kredit resurslari hisobidan 2023-yilgi paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni 2024-yil 1-dekabrgacha toʻliq qaytargan klasterlarga ushbu kredit boʻyicha foiz toʻlovlari (bank marjasidan tashqari) 2025-yil 1-yanvarga qadar Jamgʻarma hisobidan qaytarib beriladi.
Bundan tashqari, 2023-yilgi paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun klasterlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning, mos ravishda Jamgʻarmaning tijorat banklariga ajratgan kredit resurslarining qoldigʻini qaytarish muddati tijorat banklarining ijobiy xulosasi asosida 2025-yil 1-aprelgacha uzaytiriladi.
Shuningdek, 2024-yil 1-avgustdan Jamgʻarma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha klasterlar taʼsischilarining shaxsiy kafilligi qoʻshimcha ravishda rasmiylashtiriladi.
Qayd etilishicha, boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olingan va sotib olish qiymatining 35 foizi va undan yuqori qismi toʻlangan paxta tozalash zavodlari va paxta qabul qilish maskanlarini jalb etiladigan kredit boʻyicha mulkiy majmua sifatida garovga qoʻyishga ruxsat berilishi ham farmonga asosan amalga oshirilishi koʻzda tutilmoqda.
“Tugatilayotgan «Oʻzpaxtasanoat” AJning mulkiy majmualarini sotib olish boʻyicha klasterlar bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarida belgilangan toʻlov grafigi boʻyicha qarzdorliklar muddati 1-yilga uzaytiriladi», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Samarqand shahri "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" sammitiga tayyor
- Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
- O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oʻz ishini boshladi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring