“Oʻgʻirlangan Oltin toʻp mojarosi”: Rodri kutilganidek “odobli” boʻlib chiqmadi. Sportchi “Xayr, Vinisius” deb haqoratli qoʻshiqni aytgan (+video)
Foto: Goal.com
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri Vinisius Junior haqida qoʻshiq aytganini inkor qilmadi. U oʻsha nishonlashni shaxsiy yopiq bayram boʻlgani va bu normal narsa ekanini aytgan. Bu haqda “Goal” yozmoqda.
Qayd etish kerakki, ispaniyalik yarim himoyachi ushbu qoʻshiqni aytganini inkor qilmagan va bu feyk emasligi suhbatdan ayon boʻladi. Shu tariqa hammaga “odobli” boʻlib tanilgan Rodri hamkasbiga nisbatan haqoratli qoʻshiq kuylagani rost boʻlib chiqadi.
Shuningdek, u “Real Madrid” yulduzi haqida yana bir qancha keskin fikr bildirib, uni “Ballon Dʻor” mukofoti uchun hatto ikkinchi oʻringa ham loyiq koʻrmasligini bildirgan. Rodri mukofotlash marosimida yarim zalning “Vinisius! Vinisius!” deya hayqirganini eslatib, bu holatni ajablanarli ekanligini aytgan.
Mukofotlash marosimida “Real Madrid” vakillari yoʻqligi Rodri uchun ahamiyatsiz boʻlganini bildirdi. U marosimda oʻz oilasi bilan birga boʻlib, ushbu tarixiy lahzadan zavqlangani “qistirib” oʻtgan.
Avvalroq, Nodirbek Abdusattorov yana Magnus Karlsenga qarshi dona surishi maʼlum boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring