Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
2026-yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi. Bu haqda Oʻzbekiston Professional futbol ligasi oʻz sahifasida maʼlumot berdi.
“Bu yil Proligada 14 ta klub ishtirok etadi. Buxoro davlat universitetining “BuxDU” klubi Proliganing 2026-yilgi mavsumi uchun soʻnggi qatnashchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi”, — deyiladi Oʻzbekiston Professional futbol ligasining rasmiy saytida.

Maʼlumot uchun, 2026-yilgi mavsumda quyidagi jamoalar ishtirok etadi:
“Orol”, “Shoʻrtan”, “Olimpik Mobiuz”, “FarDU”, “Lochin”, “Kattaqoʻrgʻon”, “QMU Jayxun”, “Paxtakor farm”, “Gʻazalkent”, “Metallurg”, “TerDU”, “Yaypan”, “Respublika FA” hamda “BuxDU”.
Eslatib oʻtamiz, 2025-yilgi musobaqada 6 ta jamoa ishtirok etgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring