Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi

13:52 12 Mart 2026 Jamiyat
929 0

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida Temur Malik va Buyuk ipak yoʻli koʻchalari kesishmasidagi yangi tunnel yoʻli devorining bir qismi oʻpirilib tushdi. Poytaxt hokimligi mazkur hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, sodir boʻlgan hodisa yuzasidan Toshkent shahar hokimi ishchi guruh va mutasaddi xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Ayni paytda mutaxassislar hududni koʻzdan kechirib, vaziyatga dastlabki bahoni bermoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi
Foto: Toshkent shahar hokimligi

“Barcha zarur xizmatlar jalb qilinib, xavfsizlikni taʼminlash choralari koʻrilmoqda. Vaziyat doimiy nazoratga olingan”, deyiladi hokimlik xabarida.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarda oʻpirilish sodir boʻlgan joyning roʻparasidagi yoʻl yuzasida ham yirik yoriqlar paydo boʻlganini ham koʻrish mumkin.

Hozircha koʻprikning bir qismi nega koʻchib tushgani va hodisa oqibatlari boʻyicha maʼlumot berilmagan.

Maʼlumot uchun, ushbu yoʻl oʻtkazgich Temur Malik koʻchasini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida 128,6 milliard soʻm evaziga qurilgan. Inshoot 2024-yil avgust oyida foydalanishga topshirilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?