Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi

10:02 23 Yanvar 2026 Ilm-fan
1099 0

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan mazkur loyiha mamlakatdagi barcha ilmiy-tadqiqot infratuzilmalari haqidagi maʼlumotlarni yagona markazlashgan axborot resursi sifatida jamlab, ularni samarali boshqarish imkonini beradi.

Shuningdek, ilm-fan va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda ilmiy infratuzilmalardan foydalanish samaradorligi prognozlanishi va optimallashtirilishiga oid tahlillarning sunʼiy intellekt texnologiyalari orqali amalga oshirilishi natijasida vaqt va resurslarning tejalishiga erishiladi. Platforma sohada ochiqlik, shaffoflik hamda hamkorlik aloqalarining yanada kuchayishiga ham xizmat qiladi.

Mutaxassislar ushbu platforma ilmiy izlanishlar sifatini oshirish, takroriy xarajatlarni kamaytirish, respublikamizning turli hududlarida tashkil etilgan ilmiy laboratoriyalarning imkoniyatlaridan toʻliq va maqsadli foydalanishga xizmat qilishini taʼkidlamoqdalar.

Sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida respublikada ilm-fanning raqamli kelajagini shakllantirish yoʻlidagi muhim qadamlardan biriga aylanishi kutilayotgan platforma joriy yilning dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер