“Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
Bu yil toʻrtinchi marotaba oʻtkazilayotgan “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofoti tantanali tadbiri oʻzgacha ruhda boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Ushbu milliy mukofot doirasida bugungi kunga qadar 20 ta nominatsiya boʻyicha 60 nafar ijodkorlar munosib deb topilgan va ragʻbatlantirilgan.
Bu galgi tadbirning ahamiyatga molik jihatlaridan biri shundaki, ilk marotaba dunyo davlatlarida oʻzbek madaniyati va sanʼatini keng targʻib qilgan hamdoʻstlik mamlakatlari fuqarolari uchun yangi “Yilning eng yaxshi xorijdagi oʻzbek madaniyati targʻibotchisi” nominatsiyasi ham joriy etilib, xalqaro mehmonlarning ishtiroki kutilmoqda.
Xalqaro mehmonlar qatorida 2025-yilda dunyoning xit taronalaridan biriga aylangan “Homay” qoʻshigʻi ijrochilari boʻlgan Boshqirdistonning “Ay Yola” guruhi Oʻzbekistonga kelmoqda. Shu bilan birga, Tojikistonda xizmat koʻrsatgan artist, Oʻzbekiston xalq artisti Nigina Amonqulova hamda Ozarbayjon xalq artisti Mensum Ibrahimov, Oʻzbekiston va Ozarbayjon xalq artisti Gulyanaq Memedovalar ham mehmon sifatida ishtirok etadi.
Milliy mukofotga yangi qoʻshilgan “Yilning eng yaxshi xorijdagi oʻzbek madaniyati targʻibotchisi” nominatsiyasiga ilk nomzodlar, yaponiyalik Mashu Komazaki, qozogʻistonlik Arman Nurmaxamatuli hamda ozarbayjonlik Sahib Pashshazade kiritilgan.
Ayni kunlarda mazkur tanlovning navbatdagi 20 ta nominatsiyada gʻoliblarini aniqlash boʻyicha Milliytanlov.uz platformasi orqali munosib nomzodlarga ovoz berish jarayoni davom etmoqda.
Mazkur mukofot bilan madaniyat va sanʼat sohasida 2025-yil davomida yuqori natijalarga erishgan, respublika va xalqaro tadbirlarda faol ishtirok etgan sohaning munosib vakillari quyidagi 20 ta nominatsiya boʻyicha taqdirlanishi kutilmoqda:
• “Yilning eng yaxshi erkak maqom xonandasi”;
• “Yilning eng yaxshi ayol maqom xonandasi”
• “Yilning eng yaxshi opera ijrochisi”;
• »Yilning eng yaxshi spektakli»;
• “Yilning eng yaxshi teatr aktyori”;
• “Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi”;
• “Yilning eng yaxshi teatr rejissyori”;
• “Yilning eng yaxshi dramaturgi”;
• “Yilning eng yaxshi badiiy filmi”;
• “Yilning eng yaxshi sirk artisti”;
• “Yilning eng yaxshi askiyachisi”;
• “Yilning eng yaxshi qiziqchisi”;
• “Yilning eng yaxshi rangtasvir rassomi”;
• “Yilning eng yaxshi yosh baxshisi”;
• “Yilning eng yaxshi folklor jamoasi”;
• “Yilning eng yaxshi raqqosasi”;
• “Yilning eng yaxshi ayol estrada xonandasi”;
• “Yilning eng yaxshi erkak estrada xonandasi”;
• “Yilning eng yaxshi xorijdagi oʻzbek madaniyati targʻibotchisi”;
• “Yilning eng yaxshi madaniyat markazi”.
Maʼlumot uchun, “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofotiga sazovor boʻlgan ijodkorlar maxsus statuetka hamda sertifikat, shu bilan birga, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofoti bilan moddiy ragʻbatlantiriladi.
Ushbu tantanali taqdirlash marosimi joriy yilning 28-yanvar kuni poytaxtdagi “Renessans Hall” binosida boʻlib oʻtadi. Tadbirni soat 19:00 da ZOʻR TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring