Senatda navbatdagi oʻquv seminarlari oʻtkazilmoqda
Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun navbatdagi oʻquv seminarlari oʻz ishini boshladi.
26–28-yanvar kunlari oʻtkaziladigan mazkur oʻquvlarda Jizzax, Navoiy, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridan kelgan mahalliy vakillik hamda ijro hokimiyati organlari rahbarlari ishtirok etmoqda.
Seminarlar mahalliy davlat boshqaruvi tizimida samaradorlikni oshirish, tuman va shahar darajasida vakillik hamda ijro organlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, aholi muammolarini hal etishda tizimli va ochiq yondashuvlarni shakllantirishga qaratilgan.
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva ochilish marosimidagi nutqida joylardagi rahbarlarning masʼuliyatiga urgʻu berib, qaror qabul qilishda qonuniylik va jamoatchilik manfaatlarini ustuvor qoʻyish zarurligini taʼkidladi.
Oʻquv jarayonida tinglovchilar uchun mahalliy darajada hokimiyatlar boʻlinishi tamoyilini amalga oshirish, tuman (shahar) Kengashi raisi maqomi va vakolatlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda dolzarb masalalar hamda ularning yechimlariga bagʻishlangan maʼruzalar va amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi.
Shuningdek, Kengash faoliyatini rejalashtirish, majlislarni samarali tashkil etish, mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish, partiya guruhlari va doimiy komissiyalar bilan ishlash, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali ochiq muloqot olib borish usullari muhokama qilinadi.
Seminarlar davomida qaror qabul qilishda qonuniylikka rioya etish, aholi murojaatlari bilan ishlashda samaradorlik va ochiqlikni taʼminlash, deputatlarning fuqarolar bilan uchrashuvlarini tashkil etish, muammolarni hal etishda mahallabay ishlash masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Bundan tashqari, mahalliy boshqaruvda raqamli texnologiyalardan foydalanish, elektron hukumat tizimlari orqali xizmatlar sifatini oshirish, maʼlumotlar bazalari bilan ishlash va tahliliy yondashuv asosida qaror qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantirish ham seminarlarning muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Uch kunlik oʻquvlar yakunlariga koʻra ishtirokchilar hududlarda islohotlarni amalga oshirishda amaliy bilim va tajribalarini boyitib, aholi manfaatlariga xizmat qiladigan samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish salohiyatini oshiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring