AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
Amerika Qoʻshma Shtatlari Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani terrorchilar roʻyxatidan chiqardi. Bu haqida AQSH davlat departamentining rasmiy saytida maʼlum qilindi.
Unda aytilishicha, AQSH prezident Axmad ash-Sharʼa boshchiligidagi Suriyaning yangi hukumati tomonidan koʻrilgan ijobiy harakatlarni eʼtirof etib, uni terrorchilar roʻyxatidan chiqargan.
“Ushbu qaror Prezident Donald Trampning barqaror, birlashgan va tinch Suriya haqidagi tasavvurini amalga oshirishdagi muhim qadamdir”, — deyiladi departament xabarida.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniya ham Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi.
Buyuk Britaniya hukumati ushbu qarorni prezident Axmad ash-Sharʼa boshchiligidagi kuchlar Asad rejimini agʻdargandan keyin sodir boʻlgan ijobiy va muhim voqealarga javob sifatida izohlagan.
Maʼlumotlarga koʻra, Buyuk Britaniya Moliya vazirligi Suriya prezidenti Axmad ash-Sharʼa hamda Ichki ishlar vaziri Anas Hasan Xattob sanksiyalar roʻyxatidan chiqarilganini va endi ularning aktivlari muzlatib qoʻyilmasligini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring