Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
Bugun, 8-noyabr kuni U-17 Jahon chempionati musobaqasining 2-tur uchrashuvlari yakunlandi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Irlandiya terma jamoasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 2:1 hisobi bilan “yevropaliklar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Bahsning 20-daqiqasida Abubakr Shukurillayev hisobni ochdi.
Ikkinchi boʻlimda Irlandiya termasidan Mishel Nunan va Greydi MakDonnell 2 ta gol kiritib, yakuniy hisob 2:1 boʻlishini taʼminladilar.
Shu tariqa, oʻyin Irlandiya terma jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu magʻlubiyatdan soʻng, Islom Ismoilov shogirdlari oʻz guruhida 2-oʻrinni egallab turishibdi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi guruhdagi soʻnggi oʻyinini 11-noyabr kuni Panamaga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring