Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi

11:10 16 Dekabr 2025 Siyosat
172 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

2025-yil 16-dekabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Uchrashuvda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri U Von Sik, Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Majlisi raisi Yerlan Koshanov, Tojikiston Respublikasi Majlisi Oli Majlisi Namoyandagon Raisi o‘rinbosari Aziz Kodir Giyozoda, Qirg‘iz Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Duyshonqul Chotonov ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva yalpi majlisda so‘zlagan nutqida mazkur uchrashuv Markaziy Osiyo mintaqasida shakllanib borayotgan yangi siyosiy dinamika, parlamentlararo ishonch va muloqotning mustahkamlanishida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida oliy darajadagi muloqotlar tizimli tus olib, mintaqaning jahon maydonidagi o‘rni mustahkamlanib borayotgani, parlamentlararo hamkorlik esa bu jarayonning muhim poydevori sifatida shakllanib kelayotgani qayd etildi.

Yalpi majlisda so‘zga chiqqan delegatsiya rahbarlari muntazam davom etayotgan uchrashuvlarining ahamiyatini ta’kidlab, mazkur format Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasini bog‘laydigan muhim muloqot maydoniga aylanganiga e’tibor qaratdi.

Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?