“Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores Nyu-York shahridagi sud oldida javob berdi. Birinchi sud majlisi 30 daqiqa davom etdi. Quyida — uning eng qisqa xronikasi.
Sudya majlisni ochdi. Zalga Nikolas Maduro olib kirildi. Uning oyoqlarida kishan bor. U stol ortiga rafiqasidan bir oʻrin joy qoldirilib oʻtirdi. Ikkalasi ham tarjimon ovozini eshitish uchun quloqchin taqib olgan.
Sudya:
Tasdiqlang: siz Nikolas Maduromisiz?
Maduro:
Tasdiqlayman. Men Nikolas Maduroman — Venesuela prezidentiman.
Sudya:
Bu masalani muhokama qilish uchun hali vaqt ham, joy ham boʻladi. Hozir menga faqat bir narsa kerak: siz — Nikolas Maduromisiz?
Maduro:
Ha.
Sudya (ayblov xulosasini oʻqib eshittiradi):
Aybingizni tan olasizmi?
Unga qanday ayblov qoʻyilgan?
AQSH Nikolas Maduroga nisbatan rasmiy ayblovlar qoʻygan: “narkoterrorizm”, kokain kontrabandasi va qurol saqlash.
Maduro:
Men aybsizman. Men halol, munosib insonman. Men hali ham oʻz mamlakatimning prezidentiman.
Siliya Flores:
Men Venesuela Respublikasining birinchi xonimmian. Men aybsizman, mutlaqo aybsizman.
Sudya:
Siz Venesuela konsulligi vakili bilan uchrashish huquqiga egasiz.
Maduro va Flores:
Buni bilamiz va ushbu huquqdan foydalanmoqchimiz.
Himoya advokatlari:
Bugun garov evaziga ozod qilish boʻyicha iltimosnoma kiritmaymiz. Buni keyinroq qilamiz.
Maduroning advokati:
Bizda koʻplab iltimosnomalar boʻladi. Mening mijozim suveren davlat rahbari hisoblanadi va tegishli imtiyozlar hamda immunitetga ega. Uning oʻgʻirlanishi qanchalik qonuniyligi masalasi ham bor. Shuningdek, uning sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolari mavjud.
Floresning advokati:
Mening himoyam ostidagi shaxs oʻgʻirlab ketish paytida jiddiy jarohat olgan. U tibbiy koʻrikdan oʻtishi kerak.
Sudya:
Keyingi sud majlisi 17-mart kuniga belgilanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring