“Yangi yilgacha koʻp narsa hal boʻlishi mumkin”. Zelenskiy Tramp bilan yaqinda uchrashuv boʻlishini maʼlum qildi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH yetakchisi Donald Tramp bilan tez orada uchrashuv oʻtkazishini maʼlum qildi.
“Bir kunni ham boy bermayapmiz. Prezident Tramp bilan eng yuqori darajada yaqin vaqtda uchrashuv oʻtkazishga kelishib oldik. Yangi yilgacha koʻp narsa hal boʻlishi mumkin”, — deb yozdi Ukraina rahbari oʻzining Telegram-kanalida.
Avvalroq Zelenskiy AQSHning maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda Trampning maslahatchisi Jared Kushner bilan “juda yaxshi” telefon suhbati oʻtkazganini maʼlum qilgan edi.
“Ish jarayoniga oid ayrim muhim masalalar muhokama qilindi. Qoʻshma natija va uzoq muddatli tinchlikka xizmat qilishi mumkin boʻlgan yaxshi gʻoyalar mavjud”, — deya taʼkidladi Ukraina prezidenti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring