Tailand va Kambodja vaqtinchalik sulh toʻgʻrisida kelishib oldi
Tailand va Kambodja hukumatlari oʻt ochishni vaqtincha toʻxtatish shartlarini kelishib oldi. Ushbu sulh rejimi 27-dekabrdan amalga kirishi rejalashtirilgan. Bu haqda Thai PBS telekanali xabar berdi.
Tailand hukumatiga yaqin manbalar maʼlumotiga koʻra, dastlabki sulh 72 soat davom etadi.
Xabarda taʼkidlanishicha, sulh rejimini uzaytirish boʻyicha keyingi kelishuv Tailand Milliy xavfsizlik kengashi tomonidan maʼqullanishi lozim.
Eslatib oʻtamiz, Tailand va Kambodja oʻrtasidagi toʻqnashuvlar 8-dekabr kuni yana avj olgan edi. Keyinroq AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonlar harbiy harakatlarni toʻxtatish va oktyabrda imzolangan tinchlik kelishuviga rioya etishga kelishib olganini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring