Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Ona tili (oʻzbek) va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi. Bu haqida Bilimni baholash agentligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, milliy test tizimi doirasida ona tili (oʻzbek) va adabiyot fanidan adabiyot nazariyasi va adabiyot tarixini bilishga doir test topshiriqlarini shakllantirish uchun manba sifatida qaraladigan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar roʻyxati qayta shakllantirilgan.
Adabiyotlar roʻyxati mazmun jihatdan qisman yangilangan. Shuningdek, asarlar janrlar boʻyicha guruhlangan va roʻyxatga lirik asarlar ham kiritilgan. Shuningdek, son jihatdan qisman yangilangan va mazmun va janr rang-barangligini taʼminlash maqsadida yirik hajmli asarlar miqdori kamaytirilgan.
Ona tili (oʻzbek) va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinovlariga:
- 2026-yil 1-aprelga qadar amaldagi (40 ta) adabiyotlar roʻyxati asosida;
- 2026-yil 1-apreldan soʻng yangi (36 ta) adabiyotlar roʻyxati asosida tayyorgarlik koʻrishi tavsiya etiladi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar roʻyxati bilan quyidagi roʻyxatda tanishishingiz mumkin:
Maʼlumot uchun, Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan tavsiya etiladigan adabiyotlar roʻyxati oʻzgarmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring