Prokuratura Janubiy Koreya sobiq prezidentini odil sudlovga toʻsqinlik qilgani uchun 10 yilga qamashni soʻradi
Seul markaziy okrug sudida maxsus prokuror Cho In Sok rahbarligidagi ayblov tomoni Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yolga nisbatan odil sudlovga toʻsqinlik qilish aybi bilan 10 yillik ozodlikdan mahrum etish jazosini soʻradi. Bu haqda Yonhap xabar qildi.
Sobiq davlat rahbariga qoʻyilayotgan ayblovlarga koʻra, u joriy yil yanvar oyida tergovchilarga oʻzini hibsga olishga imkon bermagan. Shuningdek, u harbiy holat joriy etish rejasini koʻrib chiqish uchun oʻtkazilgan yigʻilishga chaqirilmagan toʻqqiz nafar Vazirlar Mahkamasi aʼzosining huquqlarini buzganlikda ham ayblanmoqda.
Himoya tomoni mazkur ayb boʻyicha hukm fevral oyida qoʻzgʻolon uyushtirayotganlik haqidagi asosiy ish yakunlangandan keyingina chiqarilishi kerakligini taʼkidladi. Biroq sudya bu talabni rad etdi.
Ayni paytda Yun Sok Yolga nisbatan jami toʻrtta sud jarayoni olib borilmoqda. Sobiq prezidentni umrbod qamoq jazosi ham kutmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring