Miroblikni kompyuter bajarayotir
“Doʻstlik” kanali bosh inshooti modernizatsiya qilingach, suv taqsimotini masofadan turib boshqarish yoʻlga qoʻyildi. Yaʼni endilikda suv toʻsish darvoza (shlyuz)larini keragicha ochish-yopish bevosita ofisdagi kompyuter orqali amalga oshirilmoqda.
— Bosh inshootimizda 2021 — 2024-yillardagi modernizatsiyalash doirasida amalga kiritilgan dastur asosida suv sathi va hajmi boʻyicha har doim aniq koʻrsatkichlarga ega boʻlish imkoniyati ham yaratildi, — deydi Guliston suv inshootlari va “Doʻstlik” kanali boshqarmasi bosh muhandisi Abdukarim Azimov. — Eng muhimi, ushbu avtomatik boshqaruv taqsimotni oʻz vaqtida aniq hamda toʻgʻri bajarish, suvni isrof qilmaslik kabi vazifalar toʻla-toʻkis bajarilishini taʼminlayotir.

Shuningdek, modernizatsiya doirasida kanalning bosh inshootga tutash oʻzani betonlashtirildi. Shu oʻrinda aytish joizki, mazkur yirik irrigatsiya tarmogʻining Guliston shahridan oʻtgan 4 750 metr qismiga 2016 — 2019-yillarda beton qoplamasi yotqizilgan edi. Natijada Sirdaryo viloyati markazining meliorativ holati tubdan yaxshilandi va kanal sohillari havas qilgulik darajada obod boʻldi.
Maʼlumot uchun: bundan bir necha kun avval 2025-yil uchun “WHIS Award” (Butunjahon irrigatsiya merosi) mukofotiga Oʻzbekistondagi “Doʻstlik” va “Eski Tuyatortar” kanallari loyiq deb topildi. “Doʻstlik” kanali 100-yildan ortiq vaqt ilgari bunyod etilgan.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring