Gʻoliblarga sayohat yoʻllanmasi beriladi
Guliston davlat universitetida birinchi kurs talabalarining mazkur oliy taʼlim muassasasi hayotiga moslashishi, intellektual salohiyatini yuksaltirishi va kelajak sari dadil qadam qoʻyishiga koʻmaklashish maqsadida “Birinchi kurs maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlangʻich tashkiloti tomonidan birinchi bosqich talabalari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyinlariga start berildi. Har haftada 2 marotaba oʻtkaziladigan ushbu bahslar sentyabr oyining oxirida yakunlanadi. Intellektual bahslarda 1, 2, 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jamoalarga ichki turizm yoʻnalishlari boʻyicha sayohat yoʻllanmasi taqdim etiladi.
— Bu kabi intellektual bellashuvlar oliy oʻquv yurtimizda chuqur bilim olishni maqsad qilgan birinchi bosqich talabalarining oʻqib-oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqini yanada oshiradi, — deydi Guliston davlat universiteti yoshlar yetakchisi Yorqinjon Hayitboyev. — Shuningdek, “Birinchi kurs maktabi” loyihasi doirasida “Kuningiz qanday oʻtdi?”, “Kelgusidagi rejalaringiz?”, “Yoshlar uchun imkoniyatlar” kabi mavzularda soʻrovnomalar ham oʻtkazilmoqda.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring