“Biz chekinmaydigan majburiyat”. Rubio AQSH Ukrainadagi kelishuv jarayonidan chiqmasligini aytdi
AQSH davlat kotibi Marko Rubio Amerika maʼmuriyati Ukrainadagi urushni tinch yoʻl bilan hal etish jarayonidan chiqishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Rubioning taʼkidlashicha, Amerika Qoʻshma Shtatlari muzokaralar asosida urushni toʻxtatish imkoniyatini muhokama qilish uchun har ikki tomonni bir stol atrofiga toʻplashga qodir boʻlgan yagona davlat.
“Bu shunday majburiyatki, biz undan voz kechmaymiz, chunki uni oʻziga xos deb hisoblaymiz. Afsuski, u natija bermasligi mumkin, ammo men natija berishidan umid qilaman”, — dedi u Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida.
Avvalroq The Atlantic jurnali AQSH prezidenti Donald Tramp 2026-yil kuzida boʻlib oʻtadigan Kongress oraliq saylovlari yaqinlashishi munosabati bilan yaqin haftalarda Ukraina boʻyicha tartibga solish jarayonidan voz kechishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring