Jarima ballari tizimi ishga tushirilgach haydovchi aybi bilan sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari 36 foizga qisqardi

Maʼlumki, joriy yilning 1-iyun sanasidan boshlab yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tizimi ishga tushirilgan edi. Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati uch oy davomida 60 mingdan ortiq haydovchilar jarima ballari olganini maʼlum qildi.
Haydovchilarga qoʻllanilgan jarima ballari tahliliga koʻra, iyun-avgust oylarida 5 ballgacha jarima toʻplagan haydovchilar 4 nafarni, 4 ballgacha jarima toʻplaganlar 14 nafarni, 3 ballgacha jarima toʻplaganlar 129 nafarni, 2 ballgacha jarima toʻplaganlar 4 ming 976 nafarni hamda 1 ballgacha jarima toʻplaganlar 63 ming 974 nafar haydovchini tashkil qilgan.
Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining bildirishicha, yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tizimi ishga tushirilgandan buyon 9 million 325 mingdan ortiq haydovchi umuman jarima ballari olmagan.
Oʻtgan uch oy davomida qoidabuzarliklar va yoʻl-transport hodisalari sezilarli darajada kamaygan.
Jumladan, iyun avgust oylarida 167 mingta qoidabuzarlik aniqlangan boʻlib, bu 2024-yilning shu davriga nisbatan (285 mingta) 58 foizga kamaygan. Shuningdek, bu davrda haydovchi aybi bilan sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari soni 2024-yildagi 531 tadan joriy yilda 338 tagacha, yaʼni 36 foizga qisqargan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring