Ovqatdan zaharlangan bolalarning necha nafari shifoxonada qolayotgani aytildi
Illyustrativ foto
Toshkent viloyatining Piskent, Boʻka, Oqqoʻrgʻon va Quyi Chirchiq tumanlaridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ovqatdan zaharlanib, hozirda shifoxonada davolanayotgan bolalarning umumiy ahvoli haqida maʼlumot berildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Nurmat Otabekovning aytishicha, bugun, 29-sentyabr soat 12:00 holatiga shifoxonalarda 38 nafar bola davolanmoqda.
“Ularning ahvoli barqaror, kasallik yengil shaklda kechmoqda. Ogʻir yoki asoratli holatlar qayd etilmagan. Barcha tarbiyalanuvchilar shifokorlarning doimiy nazoratida. Bolalarga zarur tibbiy yordam koʻrsatilmoqda. Davolash jarayoni respublika darajasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirokida tashkil etilgan”, deydi Nurmat Otabekov.
Uning qoʻshimcha qilishicha, ota-onalarga bolalar salomatligi toʻgʻrisida muntazam ravishda axborot berib borilmoqda. Yaqin kunlarda qolgan bolalar ham sogʻlom holatda uylariga javob berilishi kutilyapti.
Taʼkidlanishicha, vaziyat toʻliq barqaror va sogʻayish jarayoni ijobiy dinamika bilan davom etmoqda. Davlat organlari va tibbiyot muassasalari ushbu holatni doimiy nazorat ostida ushlab turibdi.
Joriy yilning 24-sentyabr kuni Toshkent viloyatining Piskent, Boʻka, Bekobod, Quyichirchiq va Oqqoʻrgʻon tumanlarida maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining zaharlanish holatlari aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan bir nechta autsorsing xizmatini koʻrsatuvchi xususiy korxonalar masʼul shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov ishini sinchkovlik bilan, toʻla va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring