Paragvay Prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi
Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya 11-13-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkentda boʻlib oʻtadigan oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Paragvay oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida amaliy sheriklikni oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Paragvay yetakchisi, shuningdek, Xalqaro avtomobil federatsiyasi Bosh assambleyasida va federatsiya shafeligida oʻtkaziladigan musobaqalar gʻoliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring