Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
19-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Kamchatka oʻlkasi sohillariga yaqin hududda 7,2 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Petropavlovsk-Kamchatskiy va Vilyuchinsk shaharlarida yer silkinishi 7 ballgacha sezildi. Hududda sunami xavfi eʼlon qilindi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga koʻra, hozircha qurbonlar va vayrongarchiliklar haqida maʼlumot yoʻq. Favqulodda xizmatlar yuqori tayyorgarlik rejimida ishlamoqda.
Oʻzbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi FVV, hududiy hokimiyat va boshqa masʼul idoralar bilan doimiy aloqada ekani maʼlum qilindi.
Vatandoshlarimiz favqulodda xizmatlar koʻrsatmalariga qatʼiy rioya qilishga va xotirjamlikni saqlashga chaqirildi.
Zarurat tugʻilganda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:
+7 (423) 260-48-00
+7 (902) 078-70-07
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring