OChLga qurʼa tashlandi. “Nasaf”ning raqiblari maʼlum
Xabaringiz bor, joriy yilning 25-31-avgust kunlari ayollar klublari oʻrtasida Osiyo chempionlar ligasining saralash bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston chempioni, Qarshining “Nasaf” klubi oʻz guruhida birinchi oʻrinni olish orqali musobaqaning final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgandi.
11-sentyabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida OChLning guruh bosqichiga qurʼa tashlandi.
Vladislav Xan shogirdlari qurʼa natijalariga koʻra, musobaqaning “B” guruhidan oʻrin oldi. Ushbu guruhda Xitoyning “Wuhan Jiangda”, Eronning “Bam Khatoon” va Hindistonning “East Bengal” jamoalari ham bor.

Maʼlumot uchun, mazkur guruh oʻyinlariga Xitoy davlati mezbonlik qiladi. Guruh bosqichi oʻyinlari joriy yilning 9-23-noyabr sanalarida, chorak final, yarim final va final bahslari esa 2026-yilning mart oyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring