Fargʻona tarvuzi Yevropaga eksport qilinmoqda
Fargʻona viloyatidan joriy yilning oʻtgan sakkiz oyida xorijga 16 ming tonna tarvuz eksport qilindi. Natijada ushbu poliz mahsuloti eksporti hajmi 3,5 million dollardan oshishi taʼminlandi.
Ayni paytda tarvuz eksporti bilan viloyatdagi 60 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari shugʻullanayotgan boʻlib, peshma-pesh yigʻishtirib olinayotgan poliz mahsuloti Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Belarus, Moʻgʻuliston, BAA kabi oʻnlab davlatlarga joʻnatilmoqda.
Quvonarlisi, joriy yildan boshlab Fargʻona tarvuzi Yevropaga ham eksport qilinishi yoʻlga qoʻyildi. Xususan, Polsha mamlakati yirik savdo tarmoqlarida viloyatdan joʻnatilayotgan tarvuz allaqachon xaridorgir boʻlib ulgurdi.
— Bu yil bahor mavsumidan viloyat dalalarida tarvuz parvarishlashga kirishildi, — deydi Fargʻona viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi mutaxassisi Abdurahmon Rahmonov. — Shu kunlarda boshoqli don ekinlaridan boʻshagan 1 ming 355 gektar yerda takroriy ekin sifatida yetishtirilgan tarvuz hosili ham yigʻishtirib olinmoqda.

Bu borada Yozyovon, Dangʻara, Beshariq va Qoʻshtepa tumanida katta tajriba shakllangan. Bugungi kunda ota-bobolardan meros hayotiy tajriba zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirilyapti. Shu maqsadda xorijdan eksportbop tarvuz urugʻlari olib kelinib, innovatsiya gʻoyalari va intensiv usulda parvarishlanyapti.
Aytish joiz, 2024-yilning sakkiz oyida Fargʻona viloyatidan 1,6 million dollarlik 6,5 ming tonnadan koʻproq tarvuz eksport qilinishiga erishilgan edi. Bu yil eksport koʻrsatkichi 2,2-martaga ortishi bilan birga, yangi mamlakatlar hisobiga eksport geografiyasi ham kengaydi.
Yaqin istiqbolda esa eksport hajmini Yevropaning boshqa mamlakatlari hisobiga yanada kengaytirish maqsad qilingan.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Sohibqironning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan “Temurbek” nomli tarixiy qissa taqdimot qilindi (+fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
- Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
- Telegram bir sutka ichida 100 mingdan ortiq kanal va guruhlarni blokladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring