Fermer kichik quyosh elektr stansiyasi barpo etdi
Qorovulbozor tumanidagi “Zamir Amon” fermer xoʻjaligi kamyob kichik quyosh elektr stansiyasiga ega boʻldi. Buning uchun 160 million soʻm sarflandi.
Mamlakatda muqobili yoʻqligi aytilayotgan ushbu stansiyaning afzalligi shundaki, unda toʻplangan energiyani 18 soat muddatga zaxira qiladigan maxsus uskuna mavjud. 45 kilovatt soat quvvatga ega, 3 ta batareyali uskuna Toshkentdagi “MUVA NEV MATERIALS” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlikda oʻrnatildi.

Kichik quyosh elektr stansiyasining qulayligi bu bilan cheklanib qolmaydi. Undan elektr energiyasi taʼminotini yoʻlga qoʻyish mushkul boʻlgan choʻl sharoitida, yaylovlarda, suv nasoslarini ishlatishda foydalanish mumkin. Tomchilatib sugʻorish texnologiyasini qoʻllashda, shuningdek, tarmoqda uzilishlar kuzatilayotgan joylarda ham u asqatadi. Ehtiyojdan ortiqcha energiyani sotish ham mumkin.
Shu boisdan ham kichik stansiya ish jarayoni bilan tanishgan viloyat masʼullari bu texnologiyadan nafaqat qishloq xoʻjaligi, balki boshqa sohalarda ham foydalanish zarurligiga eʼtiborni qaratdi.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring