Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-dekabr kuni Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi oʻrinbosari Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Rossiyaning Nijniy Novgorod va Omsk viloyatlari, Boshqirdiston va Krasnoyarsk oʻlkasi rahbarlari ham ishtirok etdilar.
Suhbat avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oliy darajadagi uchrashuvlar natijalariga koʻra erishilgan kelishuvlarni qabul qilingan “yoʻl xaritasi” asosida amalga oshirilishi muhokama qilindi.
Savdo hajmi barqaror oʻsib borayotgani, sanoat, energetika, transport, metallurgiya, kimyo va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tovar ayirboshlash surʼatini saqlab qolish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida, jumladan, sanoat zonalari doirasidagi kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar va biznes darajasida faol hamkorlik aloqalarini davom ettirish boʻyicha muvofiqlashtirilgan choralar koʻrish muhim ekani taʼkidlandi.
Shu maʼnoda, bugun Toshkentda boʻlib oʻtgan Hukumatlararo komissiyaning yigʻilishi va ishbilarmonlik tadbirlarining natijalari yuqori baholandi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida Rossiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari Prezidentimizga axborot texnologiyalari, energetika, elektrotexnika, mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoatida loyihalarni amalga oshirish boʻyicha aniq rejalarni taqdimot qildilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring