Tramp Eron terma jamoasining JCH-2026 ga kelishini maqsadga muvofiq emas deb atadi
AQSH yetakchisi Donald Tramp Qoʻshma Shtatlar Eron terma jamoasining 2026-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatidagi ishtirokidan xursand boʻlishini, biroq xavfsizlikka tahdid tufayli ularning kelishi maqsadga muvofiq emasligini aytdi. Tegishli post “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilindi.
“Eron futbol terma jamoasini jahon chempionatida koʻrishdan xursand boʻlardik, lekin ularning kelishini haqiqatan ham maqsadga muvofiq deb hisoblamayman, bu ularning oʻz xavfsizligi uchun”, — deb yozdi respublikachi.
Bundan oldin Eron yoshlar ishlari va sport vaziri Ahmad Dunyomoli Islom Respublikasi terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etmasligini maʼlum qilgandi.
Eslatib oʻtamiz, JCH-2026 shu yilning 11-iyunidan 19-iyuligacha AQSH, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadi. Eron terma jamoasi mundialga yoʻllanma olgan va “G” guruhidan joy olgan edi, u yerda Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya jamoalari raqiblik qilishi kerak. Jamoaning barcha uchta oʻyini AQSH hududida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring