Prezident Olimpiadasining tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun mamlakatimizda ilk bor oʻtkazilgan Prezident Olimpiadasining tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning musobaqa gʻoliblari, sovrindorlari va barcha ishtirokchilariga tabrigini oʻqib eshittirdi.
Qutlovda taʼkidlanishicha, saralash bosqichlarida ishtirok etgan 100 mingdan ziyod yoshlar orasidan finalgacha yetib kelgan qariyb 3 ming nafar eng iqtidorli sportchilarimizning bellashuvlarini butun xalqimiz katta qiziqish va hayajon bilan kuzatdi. Erishilgan gʻalabalar, rekord natijalar Yangi Oʻzbekistonda yuksak salohiyatli olimpiya zaxiralari yetishib kelayotganidan dalolat beradi.
Yosh chempionlarimiz namoyish etgan iroda va mahorat kelgusida Oʻzbekiston bayrogʻini jahon arenalarida yanada baland koʻtarishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Tabrikda saralash va final bosqichlarini yuksak darajada tashkil etgan hududlar rahbarlari, vazirlik va idoralar, sport federatsiyalari, oʻquv muassasalari jamoalari, volontyorlar va sport muxlislariga minnatdorlik izhor etildi.
Prezidentimiz qutlovida sportchilarga kelgusi musobaqalarda yanada yorqin gʻalaba va natijalar tiladilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring