Yakshanbadan havo harorati pasaya boshlaydi
“Oʻzgidromet” dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozlarini eʼlon qildi.
Bildirilishicha, bugun va ertaga Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 30-35 daraja atrofida, janubda bugun kunduzi 37-39 darajagacha boʻladi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 20-25 darajagacha pasayadi.
Yakshanba, 14-sentyabr kuni respublikaning barcha hududlari boʻyicha harorati pasaya boshlaydi. Havo harorati kunduzi 25-30 darajadan, janubda 33-35 darajadan yuqori boʻlmaydi.
12-sentyabr kunduzi shimolda va choʻl hududlarda, dam olish kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo harorati bugun 33-35 daraja, ertaga 31-33 daraja, yakshanba kuni 27-29 daraja boʻladi. Harorat asosan kechalari 16-19 daraja boʻladi.
Keyingi haftaning birinchi yarmida Oʻzbekiston hududiga salqin havo kirib kelishi davom etadi. Bu kunlardan havo harorati kechalari 10-15 darajagacha, kunduz kunlari 20-25 darajagacha pasayadi. Respublikaning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring