Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida yetakchilar bir-birlarini muborak Ramazon hayiti va bahoriy Navroʻz ayyomi munosabati bilan dildan qutlab, ikki mamlakatning qardosh xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladilar.
Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ham samimiy tabriklarini yoʻlladi.
Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Barcha darajalarda samarali muloqotlar davom etmoqda. Tovar ayirboshlash hajmining barqaror oʻsishi, shu jumladan tayyor mahsulotlarni yetkazib berish orqali taʼminlanmoqda. Yaqinda ishga tushirilgan “Shovot-Toshhovuz” savdo zonasining samarali faoliyati ham oʻzaro savdoning oshishiga xizmat qilmoqda.
Yuk tashishlar hajmi, shu jumladan Turkmanboshi porti orqali izchil ortib bormoqda. Energetika, sanoat, suv xoʻjaligi va transportda kooperatsiya kengayib bormoqda, Parlamentlararo, hududlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoda yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar. Barqaror tinchlikka erishishning yagona yoʻli vaziyatni siyosiy-diplomatik choralar bilan hal etish ekani taʼkidlandi.
Joriy yilda koʻzda tutilgan koʻp va ikki tomonlama tadbirlar rejasi ham muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring