Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp

19:15 07 Mart 2026 Dunyo
1108 0

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron va unga aloqador guruhlarga qarshi keskin bayonot bilan chiqdi. U oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Eronning yomon xatti-harakatlari sabab keng koʻlamli zarba berilishini maʼlum qildi.

Trampning yozishicha, keng koʻlamli navbatdagi hujumlarda Eron hududidagi hozirgacha nishon sifatida koʻrilmagan obyektlar, shuningdek, guruhlar ham zarba ostida qolishidan ogohlantirgan.

“Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin. Eronning yomon xatti-harakatlari tufayli ilgari nishon hisoblanmagan hududlar va odamlar guruhlarida ham toʻliq vayron qilish masalasi koʻrib chiqilmoqda”, — deb yozgan Oq uy rahbari.

Tahlilchilarning maʼlum qilishicha, Qoʻshma Shtatlar rahbarining mazkur bayonoti Yaqin Sharqdagi siyosiy keskinlikni yanada orttirishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер