Xorijiy davlatlarda qiyin vaziyatda qolgan 1 ming 300 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Xorijiy davlatlarda qiyin vaziyatda qolgan 1 ming 300 nafar fuqaro vatanga qaytarildi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi maʼlum qildi.
Fuqarolarni Oʻzbekistonga qaytarish Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda, joriy yilning 30-iyuldan 30-avgustgacha oʻtkazilgan “Vatanga qaytarish” xayriya aksiyasi doirasida amalga oshirilgan.
Bildirilishicha, oʻtgan bir oy davomida agentlikning «Call-markazi» hamda diplomatik vakolatxonalari ishonch telefonlari orqali 3 ming 400 dan ortiq murojaat qabul qilingan. 2 ming 100 nafardan ziyod hamyurtlarimizga hujjat rasmiylashtirish va jazoni oʻtash muassasalaridan qaytarish boʻyicha huquqiy yordamlar koʻrsatilgan.
Shuningdek, “Vatanga qaytarish” xayriya aksiyasi doirasida 1 ming 300 nafar fuqaro dunyoning 15 ta davlatidan Oʻzbekistonga qaytarilgan. Jumladan, Rossiya Federatsiyasidan 993 nafar, Turkiyadan 106 nafar, AQSHdan 56 nafar, Qozogʻiston Respublikasidan 39 nafar, Janubiy Koreyadan 8 nafar, Armanistondan 4 nafar, Hindiston, Yaponiya, Polsha hamda Belorussiyadan 3 nafardan, Misrdan 2 nafar, Qirgʻiziston, Latviya, Saudiya Arabistoni hamda Ozarbayjondan 1 nafardan fuqarolarni vatanga qaytarishga erishilgan.
Xorijiy davlatlarda qiyin vaziyatda qolib, vatanga qaytarilgan fuqarolarning 654 nafari ayol va 438 nafarini bolalar tashkil qilgan.
Bundan tashqari, bir necha oy davomida xorijiy mamlakatlarning deportatsiya markazlarida saqlanib kelinayotgan 163 nafar fuqaro ham Oʻzbekiston olib kelingan.
“Hozirda Oila va xotin qizlar masalalari boʻyicha masʼul idoralar, shuningdek, bandlik va Ijtimoiy himoya organlari tomonidan xorijdan qaytarilgan fuqarolarni reintegratsiya qilish boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda”, — deyiladi agentlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring