Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi

20:45 28 Oktyabr 2025 Sport
1331 0

Foto: “Nasaf” FK

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi ishtiroki yuzasidan surishtiruv oʻtkazadi. Bu haqda Assotsiatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 26-oktyabr kuni oʻtkazilgan OKMK hamda “Nasaf” klublari oʻyinidan soʻng boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyevning bildirgan fikrlari futbol jamoatchiligi orasida keng muhokamalarga sabab boʻldi.

“Kim chempion boʻlishini mavsum oxiri koʻrsatadi. Lekin koʻpchilik “Neftchi”ga koʻproq baho beryapti. Biz qarab turmaymiz, biz yaqinmiz. Biz anchadan beri magʻlubiyatsiz kelyapmiz. Chempionlikka loyiqmiz. Shu surʼatda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

“Neftchi”ning qanchalik harakat qilayotganini sizlar OAV vakillari ham bilib turibsizlar. Agar “Neftchi” ushbu vazifani amalga oshirsa, ortdagi insonlar qahramon boʻladi, shekilli. Menimcha, gapimni tushundingiz. Ular chempion boʻlsa, qahramonlarni maydondan izlash kerak emas. Ular maydon ortida boʻladi. Bu mening fikrim”, — degandi Berdiyev.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur holat yuzasidan oʻrganish va surishtiruvlarni oʻtkazadi hamda unga huquqiy baho beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?