Senator Uychi tumanida uchrashuvlar oʻtkazdi
Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Odiljon Mamatkarimov Namangan viloyati Uychi tumanida faollar, mahalliy Kengash deputatlari, yoshlar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Unda Senat yalpi majlisida muhokama etilgan masalalar, qabul qilingan qonunlar hamda ularning hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi oʻrni haqida batafsil maʼlumot berildi.
Tadbir davomida aholi murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni amaliy hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Senator taʼkidlaganidek, qabul qilingan qarorlarning joylarda toʻliq ijro etilishida jamoatchilik nazorati, deputatlar faolligi va aholining bevosita ishtiroki muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, Uychi tumanida senator tomonidan sayyor qabul oʻtkazilib, fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Muammolarni joyida hal etish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish boʻyicha amaliy choralar belgilandi.
Senator xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyati bilan ham tanishdi. Kengash ish samaradorligi, deputatlarning faolligi, qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosi va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi tahlil qilindi. Shundan kelib chiqqan holda, Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring