Isroilni UEFAdan chetlatish boʻyicha 70 dan ortiq futbolchi chaqiruv bilan chiqdi

Ular orasida jahon futboli yulduzlari Pol Pogba va Xakim Ziyesh ham bor.

11:23 13.11.2025
Ukraina yetakchisi ikki nafar vazirni ishdan olishni talab qildi — BILD

Vladimir Zelenskiy mamlakat energetika sohasidagi korrupsiya mojarosi fonida adliya vaziri va energetika vazirining isteʼfosini talab qilmoqda.

10:52 13.11.2025
Oʻzbekiston 9 oyda 44,4 million dollarga teng sement eksport qildi

Eksport hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 794,6 ming tonnaga yoki 3,8 barobarga oshgan.

10:27 13.11.2025
Atmosferaga zarar yetkazayotgan 100 dan ortiq xoʻjalik faoliyati toʻxtatildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

10:15 13.11.2025
Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida

Markaziy Osiyo oʻz taraqqiyotining yangi, tarixiy ahamiyatga molik bosqichiga qadam qoʻymoqda.

10:06 13.11.2025
Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxona Oʻzbekiston fuqarosining huquqlarini himoya qildi

Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari safida xizmat qilish yuzasidan shartnomaga imzo chekkan Oʻzbekiston fuqarosi ushbu shartnomani bekor qilishda koʻmak soʻrab Oʻzbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan.

10:01 13.11.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisini qabul qildi

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

21:10 12.11.2025
Tanzila Narbayeva xalqaro hamkorlar va qoʻshni davlatlar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi

Uchrashuvlarda mintaqada ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi oʻrni va faolligini oshirish, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

19:26 12.11.2025
Prezident makrobarqarorlikni taʼminlash choralari bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga inflyatsiyani jilovlash va makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda 2026-yilga moʻljallangan vazifalar toʻgʻrisida axborot berildi.

17:49 12.11.2025
Ayollarning innovatsiyalar, OAV va iqlim siyosatidagi ishtiroki muhokama qilindi

Toshkentda oʻtkazilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti majlisi doirasida “Innovatsiyalar, ommaviy axborot vositalari va iqlim siyosatida ayollar ishtiroki – imkoniyatlar va toʻsiqlar” mavzusida toʻrtinchi sessiya boʻlib oʻtdi.

17:28 12.11.2025
Trampning Gʻazo boʻyicha tinchlik rejasi xavf ostida: OQ uy kelishuv barbod boʻlishidan xavotirda

AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan Isroil va HAMAS oʻrtasidagi tinchlik shartnomasi barbod boʻlishi mumkin.

17:18 12.11.2025
Ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga doir ustuvor yoʻnalishlar muhokama qilindi

Muloqot majlisi doirasida tashkil etilgan ikkinchi sessiyada “Markaziy Osiyoda ayollar tadbirkorligi – iqtisodiy oʻsish va ijtimoiy barqarorlik manbai” mavzusida qator masalalar muhokama qilindi.

16:33 12.11.2025
Иш вақтидан ташқари иш учун ҳақ тўлаш тизими такомиллаштирилади

Қонун билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.

16:21 12.11.2025
Toshkent metropoliteni metrodagi tigʻizlik muammolari yuzasidan axborot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent metrosidagi tigʻizlik muammolari” sarlavhali xabarlar keng tarqaldi.

14:31 12.11.2025
Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotining majlisi doirasida “Qaror qabul qilish jarayonida ayollarning ishtiroki: huquqlar, imkoniyatlar va masʼuliyat” mavzusidagi birinchi sessiya oʻz ishini boshladi

Sessiya doirasida ayollarning siyosiy va ijtimoiy qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtiroki, ularning mansab salohiyatini yuksaltirish, imkoniyatlarni kengaytirish hamda rahbarlik lavozimlarida masʼuliyatni kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama etildi.

14:21 12.11.2025
Ukrainada korrupsiya mojarosi: Adliya vaziri ishdan boʻshatildi

Korrupsiya ishi boʻyicha besh kishi hibsga olingan va yetti nafar sudlanuvchi, jumladan, energetika vazirining sobiq maslahatchisi ham tergovga jalb qilingan.

13:11 12.11.2025
Oʻzbekistonliklar limon eksportidan 3,8 million dollar ishlab oldi

Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 122,4 tonnaga oshgan.

12:59 12.11.2025
Milliy test tizimi doirasida ona tili va adabiyot fanidan boʻlib oʻtgan imtihon materiallari avvaldan tarqatilganmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan shu mazmundagi xabarlar yuzasidan Bilim va malakalarni baholash agentligi munosabat bildirdi.

11:53 12.11.2025
Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotining majlisi oʻz ishini boshladi

Majlisda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston parlamentlari rahbarlari hamda rasmiy delegatsiyalari vakillari ishtirok etmoqda. Shuningdek, yoshlar parlamentlari va guruhlari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari, xalqaro tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ham tadbirda qatnashmoqda.

11:27 12.11.2025