Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxona Oʻzbekiston fuqarosining huquqlarini himoya qildi
Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari safida xizmat qilish yuzasidan shartnomaga imzo chekkan Oʻzbekiston fuqarosi ushbu shartnomani bekor qilishda koʻmak soʻrab Oʻzbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga fuqaro “K.M.” farzandi “K.R.” oʻzga shaxsga (Oʻzbekiston fuqarosi) qasddan yengil tan jarohati yetkazish aybi bilan Leningrad viloyati Kolpino shahridagi Tergov hibsxonasida boʻlishi davomida aldov yoʻli bilan RF Qurolli kuchlari safida xizmat qilish yuzasidan shartnomaga imzo chekkanligi hamda uning farzandida ruhiy sogʻligʻi bilan bogʻliq ogʻir buzilishlar borligini inobatga olib, ushbu shartnomani bekor qilishda koʻmak soʻrab murojaat yoʻllagan.
Shundan soʻng, Bosh konsulxona “K.R.”ning huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida Rossiya Federatsiyasining mutasaddi idoralariga, jumladan Leningrad viloyatidagi Inson huquqlari boʻyicha vakiliga, tegishli tartibda soʻrovnomalar yuborgan.
Natijada, “K.R.”ning RF Qurolli kuchlarida xizmat qilishga qarshiligi inobatga olinib, u bilan harbiy shartnoma tuzilmagan hamda u tergov harakatlarini davom ettirish uchun Kolpino shahridagi Tergov hibsxonasiga qaytarilgan.
Maʼlum qilinishicha, hozirda mavjud jinoyat ishi doirasida olib borilayotgan tergov jarayonlarida fuqaro “K.R.”ning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish Bosh konsulxona nazoratiga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring