Trampning Gʻazo boʻyicha tinchlik rejasi xavf ostida: OQ uy kelishuv barbod boʻlishidan xavotirda
AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan shu yilning oktyabr oyida imzolangan Isroil va HAMAS oʻrtasidagi tinchlik shartnomasi barbod boʻlishi mumkin. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Oq uyda mazkur tinchlik kelishuvining amaliyotga koʻchishi borasida shubhalar kuchaygan. Buning sababi sifatida esa, kelishuvning ikkinchi bosqichi uchun aniq rejaning yoʻqligi keltirib oʻtilgan.
Ikkinchi bosqichdagi reja sulhdan keyin Gʻazo sektorini qayta tiklashni nazarda tutadi. Bu jarayonni boshqarishi kerak boʻlgan Xalqaro barqarorlashtirish missiyasi hozirda faqat “qogʻozda”gina mavjud. Aksariyat davlatlar moliyaviy yordam koʻrsatishga tayyor, biroq harbiy qoʻshinlar yuborishi soʻroq ostida.
“Politico” nashrining xabar berishicha, Isroil qoʻshinlari hozirda hududning qariyb yarmini nazorat qiladi. Ammo aholining 95 foizi HAMAS harakati nazorati ostida qolmoqda. Ayni vaqtda Falastin maʼmuriyati Gʻazo hududiga qaytishga harakat qilmoqda, biroq Isroil kuchlarining qarshiligi tufayli bu amalga oshmayapti.
Shunday boʻlsada, Qoʻshma Shtatlar tinchlik oʻrnatish boʻyicha tuzilgan rejani hamon “tirik” deb taʼriflamoqda. AQSH rasmiylaridan biri “Politico” nashriga bergan intervyusida oʻt ochish toʻxtatilgandan soʻng hamma muvaffaqiyatni nishonlayotgan edi, biroq haqiqiy, chinakam mashaqqatli ish hali oldinda ekanini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring