Prezident Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishini oʻtkazdi

16:43 13 Yanvar 2026 Siyosat
455 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari boʻyicha kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbarlari, harbiy okruglar qoʻmondonlari, harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari, boshqa idoralar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari nutqining asosiy jihatlari:

• tez oʻzgaruvchan mintaqaviy va global vaziyatni hisobga olgan holda mamlakatning harbiy xavfsizligi va mudofaasini yanada mustahkamlash zarurligi tasdiqlandi;

• mudofaa sohasida xavf-xatar va tahdidlarning oldini olishga qaratilgan tizimli va proaktiv yondashuvga oʻtish vazifasi qoʻyildi;

• Qurolli Kuchlarning modernizatsiyasi mobillik, texnologik jihozlanganlik va boshqaruv samaradorligini oshirishga, raqamli yechimlar va zamonaviy texnologiyalarni keng qoʻllashga tayanishi kerakligi qayd etildi;

• mudofaa sanoatini yanada rivojlantirish, uning texnologik darajasi va barqarorligini oshirish, raqamli yechimlar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi;

• armiyaning inson kapitalini rivojlantirish va harbiy taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, jumladan, oʻquv jarayonini Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti negizida raqamli va intellektual taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda yoʻlga qoʻyish muhimligi qayd etildi;

• harbiy-ilmiy va infratuzilmaviy bazani mustahkamlash, muhandis-texnik va kibermutaxassislarning yangi avlodini tayyorlash uchun sharoitlar yaratish zarurligi taʼkidlandi,

• sakkiz yil oldin qabul qilingan Mudofaa doktrinasi hamda 1997-yildagi Milliy xavfsizlik konsepsiyasini qayta koʻrib chiqish vaqti kelgani koʻrsatib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?