Ayollarning innovatsiyalar, OAV va iqlim siyosatidagi ishtiroki muhokama qilindi
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Toshkentda oʻtkazilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti majlisi doirasida “Innovatsiyalar, ommaviy axborot vositalari va iqlim siyosatida ayollar ishtiroki – imkoniyatlar va toʻsiqlar” mavzusida toʻrtinchi sessiya boʻlib oʻtdi.
Sessiyada Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi Xalqaro ishlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Leyla Lurova moderatorlik qildi.
Ishtirokchilar ayollarning ilmiy-texnik va innovatsion loyihalardagi ishtiroki, raqamli transformatsiya, media va iqlim siyosatini shakllantirishdagi roli muhokama qildi.
Shuningdek, sessiyada ayollarning innovatsion iqtisodiyot, startap va yangi texnologiyalardagi ishtiroki, iqlim siyosatida qaror qabul qilish jarayonlariga jalb etilishi hamda OAV orqali gender stereotiplarini yengish imkoniyatlari ham koʻrib chiqildi.
Sessiya yakunida ishtirokchilar ayollarning rahbarlik va ilmiy-amaliy loyihalarga tayyorgarligini oshirish, mediasavodxonlik va innovatsiya sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish hamda barqaror va inklyuziv jamiyat qurishda ularning ishtiroki uchun aniq takliflar ishlab chiqdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring