Toshkent metropoliteni metrodagi tigʻizlik muammolari yuzasidan axborot berdi
Ijtimoiy tarmogʻida “Toshkent metrosidagi tigʻizlik muammolari” sarlavhali xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, Toshkent metropolitenining qariyb 40-yil mobaynida bekatlar soni 29 tani va umumiy uzunligi 38 kmni tashkil etgan boʻlsa, soʻnggi 6-yil davomidagi bunyodkorlik ishlari hisobiga qoʻshimcha 33 km metro yoʻnalishlari va 21 ta yangi bekatlar qurib, foydalanishga topshirilgan. Buning natijasida metropoliten bekatlari soni jami 50 taga hamda yoʻnalishlar uzunligi 71 kmga yetgan.
Buning natijasida, 2021-yil bir kunda 280-300 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatilgan boʻlsa, 2024-yilda bu koʻrsatgich 920-930 mingni tashkil qilgani va bugun bu son bir kunda 1 million yoʻlovchidan ortmoqda.
Yoʻlovchilar sonining ortib borishi sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tirbandliklarni oldini olish hamda yoʻlovchilarning bir manzildan boshqa manzilga borish vaqtlarini qisqartirish maqsadida soʻnggi 3-yilda tigʻiz vaqtda (07:30 dan 09:00 gacha) harakat tarkiblarining yoʻlovchi tashish boʻyicha oraliq vaqti (interval) qisqartirilgan, jumladan:
- 2021-yilda Chilonzor yoʻnalishida 5 daqiqa( 16 ta poyezd ishlagan) boʻlgan boʻlsa, bugun 1,5 daqiqa (28 ta poyezd harakatlanmoqda);
- 2021-yilda Oʻzbekiston yoʻnalishida 6 daqiqa( 9 ta poyezd ishlagan) boʻlgan boʻlsa, bugun 3 daqiqa (16 ta poyezd harakatlanmoqda);
- 2021-yilda Yunusobod yoʻnalishida 11 daqiqa( 6 ta poyezd ishlagan) boʻlgan boʻlsa, bugun 4 daqiqa (11 ta poyezd harakatlanmoqda);
- “Oʻzbekiston Mustaqilligining 30-yilligi yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishi – 12 daqiqadan (5 ta poyezd ishlagan) 9 daqiqaga (11 ta poyezd ishlamoqda) tushirilgan.
Shuningdek, 2021-yilgacha 36 ta poyezd harakatlangan boʻlsa, soʻnggi 3-yil davomida zamonaviy turdagi 41 ta yangi harakat tarkiblari xarid qilinib, 2025-yilga kelib, poyezdlarning soni 75 tadan ortgan.
Shuningdek, 2026-yil davomida yana qoʻshimcha 56 dona zamonaviy metro vagonlarini xarid qilish koʻzda tutilgan. Buning natijasida tasarrufdagi harakat tarkiblarini yangilanishiga hamda yoʻnalishlarda poyezdlar oraliq intervalini qisqartirishga erishilishi kutilmoqda.
“Hurmatli yoʻlovchilarimiz metropolitendan foydalanish qoidalariga amal qilishlarini soʻraymiz. Harakatlanish vaqtida oʻzaro hurmatni saqlash, poyezd ichidagi yoʻlovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turmaslik, manzilga kelgach poyezddan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish, vagon eshiklariga suyanmaslik, shaxsiy buyumlarni vagon va metro hududida qoldirmaslik talab etiladi. Bularning barchasi oraliq intervallarining reja asosida amalga oshirilishini taʼminlashga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Yuqoridagi qoidalarga amal qilib, yoʻlovchilarga xavfsiz va madaniyatli xizmat koʻrsatishda oʻz hissangizni qoʻshasiz degan umiddamiz”, — deyiladi munosabatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring