Janubi-Sharqiy Osiyodagi suv toshqinlari qurbonlari soni 1,4 mingdan oshdi
Shri-Lanka, Indoneziya, Tailand va Malayziyaga dahshatli toshqinlar hamda siklonlar oqibatida halok boʻlganlar soni 1,4 mingdan oshdi, deya xabar berdi “Interfaks”.
Indoneziya hukumati maʼlumotiga koʻra, 753 kishi halok boʻlgan. Eng koʻp zarar koʻrgan Shimoliy Sumatra, Gʻarbiy Sumatra va Achel provinsiyalarida 650 ga yaqin odam bedarak yoʻqolgan. Shuningdek, ofatdan zararlangan hududlarda 1,5 millionga yaqin aholi oʻz uylarini tark etishga majbur boʻlgan.
Shri-Lankada suv toshqinlari oqibatida 465 kishi hayotdan koʻz yumgan. Mamlakat hukumati favqulodda holat eʼlon qilib, xalqaro hamjamiyatdan yordam soʻragan.
Tailand hukumati 185 kishining halok boʻlganini tasdiqlagan. Malayziyadan esa uch nafar qurbon haqida xabar kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring