Oʻzbekiston 9 oyda 44,4 million dollarga teng sement eksport qildi
Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida 4 ta xorijiy davlatga qiymati 44,4 million AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 1,1 million tonna sement eksport qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
2025-yilning 9 oyida Oʻzbekiston sement yetkazib bergan davlatlar quyidagicha taqsimlangan:
- Qirgʻiz Respublikasi – 488 ming 740 tonna;
- Qozogʻiston – 316 ming 794 tonna;
- Afgʻoniston – 272 ming 739 tonna;
- Tojikiston – 267 tonna.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, eksport hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 794,6 ming tonnaga yoki 3,8 barobarga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring