Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni multimodal tashuvlar boʻyicha xalqaro forumda ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirimni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Kengashning koʻp tomonlama tashabbuslarni muvofiqlashtirish va ilgari surishdagi oʻrni hamda faol ishtiroki ortib borayotganini hisobga olib, tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Joriy yilda Budapesht va Gabala shaharlarida oʻtgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlarida Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilgan strategik takliflarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Prezidentimiz Oqsoqollar kengashining institutsional salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, turkiy xalqlarning milliy anʼanalari, maʼnaviy merosi va madaniy birligini saqlashga qaratilgan qoʻshma loyihalarni ilgari surish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqishni taklif etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring