Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotining majlisi oʻz ishini boshladi
2025-yil 12-noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotining majlisi oʻz ishini boshladi.
Majlisda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston parlamentlari rahbarlari hamda rasmiy delegatsiyalari vakillari ishtirok etmoqda. Shuningdek, yoshlar parlamentlari va guruhlari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari, xalqaro tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ham tadbirda qatnashmoqda.
Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva ochib berdi.
Senat Raisi Tanzila Norboyeva mintaqada ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oshirish, ularning salohiyatini namoyon etish va davlat boshqaruvidagi oʻrnini mustahkamlash boʻyicha olib borilayotgan ishlarni taʼkidladi.
Jumladan, Markaziy Osiyoda ayollar rolining ortishi — nafaqat jamiyat taraqqiyoti, balki tinchlik, barqarorlik va iqtisodiy oʻsishning kafolati ekani va ushbu Muloqot ayollar hamjihatligi va hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishini qayd etdi. Har bir davlat delegatsiyasi rahbari oʻz kirish soʻzida majlis ahamiyati, undan kutilayotgan natijalar, maqsad va vazifalarga toʻxtalib oʻtdi.
Qayd etish joizki, mazkur majlis joriy yilda 30-yilligi nishonlanayotgan Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasining ustuvor maqsadlarini amalga oshirishda mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan. Mazkur xalqaro hujjatlar ayollarning siyosiy ishtiroki, iqtisodiy mustaqilligi, taʼlim va sogʻliqni saqlash xizmatlariga teng huquqli kirish, gender zoʻravonlikni bartaraf etish va ekologik hamda iqlim siyosatida ayollarning rolini kuchaytirish kabi 12 ta muhim yoʻnalishni oʻz ichiga oladi.
Muloqot majlisi doirasida 5 ta sessiya oʻtkaziladi hamda ishtirokchilar quyidagi asosiy masalalarni muhokama qiladi:
• qaror qabul qilish jarayonida ayollarning ishtiroki: huquqlar, imkoniyatlar va masʼuliyat;
• Markaziy Osiyoda ayollar tadbirkorligi – iqtisodiy oʻsish va ijtimoiy barqarorlik manbai;
• ayollar salohiyatini oshirishda taʼlim va reproduktiv salomatlik siyosati;
• innovatsiyalar, ommaviy axborot vositalari va iqlim siyosatida ayollar ishtiroki: imkoniyatlar va toʻsiqlar;
• xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashish va huquqiy himoya.
Muloqot majlisi yakunida parlamentlararo tashabbuslar doirasidagi kelgusidagi harakatlar va hamkorlik uchun asos boʻlib xizmat qiladigan yakuniy hujjat qabul qilinadi, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi”, yillik monitoring va tajriba almashish tizimini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring