Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj

23:11 21 Yanvar 2026 Dunyo
283 0

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Ayni vaqtda Shveysariyada bo‘lib turgan «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari tahririyati fotomuxbiri Syurix shahrining go‘zal manzaralarini kamera ob’yektiviga muhrladi.

Mazkur shahar Shveysariyaning eng yirik va eng rivojlangan shaharlaridan biri bo‘lib, u zamonaviy hayot va tabiiy go‘zallik uyg‘unlashgan noyob maskan hisoblanadi. Shahar Alp tog‘lari etagida, musaffo Syurix ko‘li bo‘yida joylashgan.

Syurix shahri arxitekturasi ham e’tiborga loyiq. Tarixiy shaharlar tor ko‘chalari, qadimiy binolari va minoralari bilan o‘tmishni eslatadi, zamonaviy markazlar esa bugungi Syurixning global moliyaviy va madaniy markaz ekanini namoyon qiladi.

Shahar sayyohlarni nafaqat go‘zalligi, balki tartib-intizomi, xavfsizligi va yuqori xizmat sifati bilan ham o‘ziga jalb qiladi. Muzeylar, san’at galereyalari, qahvaxonalar va do‘konlar Syurixni madaniyat va sayohat ishqibozlari uchun jozibador maskanga aylantirgan.

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?