Iteca Exhibitions yangi mavsumga qanday tayyorgarlik koʻrdi?
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Oʻzbekistondagi xalqaro koʻrgazmalar va anjumanlarning yetakchi tashkilotchisi hisoblangan Iteca Exhibitions oʻzining 31-koʻrgazma mavsumiga qadam qoʻymoqda. Bugun, 22-yanvar kuni ushbu mavsumning ochilishi va 2026-yil uchun asosiy loyihalarga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi. Anjumanda dastlab Xalqaro suv forumi – Tashkent Water Week 2026 to’g’risida, shuningdek, 10-12-fevral kunlari bo'lib o'tadigan bahorgi ko'rgazma mavsumining ilk tadbiri – O'zbekiston qurilish va interyer haftaligi dasturi haqida qimmatli ma'lumotlar berib o'tildi.

Oʻz faoliyati davomida koʻrgazmalar bozorida eng samarali va ishonchli operator sifatida obroʻ qozongan Iteca Exhibitions'ning loyihalari doimiy ravishda yuqori darajadagi tashkiliylikni va ishtirokchilar uchun amaliy foyda keltiradi. Kompaniyaning koʻrgazmalari samarali B2B platformasi boʻlib, asosiy bozor ishtirokchilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanish, yuqori sifatli netvorking va haqiqiy biznes aloqalarini taʼminlaydi.


Ushbu yoʻnalish barqaror rivojlanib boraveradi va ishtirokchilar oʻrtasida biznes aloqalari uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi. Buni oʻtgan 2025-yil natijalari ham koʻrsatib turibdi: 20 ta xalqaro koʻrgazma, toʻrtta nufuzli forum va 36 ta tematik seminar oʻtkazildi. Tadbirlarda 55 mamlakatdan 4 311 ta kompaniya va brend, 251 ta spiker va moderator hamda 3 957 ta delegat qatnashdi. Tashriflarning umumiy soni 75 mamlakatdan 101 160 kishini tashkil etdi. Bu raqamlar Iteca Exhibitions koʻrgazma loyihalarining koʻlami va xalqaro miqyosda yuqori darajada tanilganini tasdiqlaydi.
Kompaniya doimo o'zining “Iteca Exhibitions Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi bilan faxrlanadi!” shioriga sodiq. Shu boisdan joriy yilda klassik koʻrgazma mavsumi modeli biznesni rivojlantirish va biznes aloqalarini mustahkamlashga, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb qilish va asosiy iqtisodiy tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan yangi formatlar, forumlar va qayta ishga tushirilgan loyihalar bilan toʻldirilishi rejalashtirilgan. Xususan, ikkita maydonda — “Oʻzekspomarkaz” MKK va CAEx Uzbekistan'da 22 ta xalqaro koʻrgazma va 5 ta anjuman oʻtkazish ko'zda tutilgan.
2026-yilgi koʻrgazma mavsumining debyut tadbiri AgroWorld Uzbekistan koʻrgazmasi bilan bir vaqtda oʻtkaziladigan Xalqaro suv forumi – Tashkent Water Week 2026 boʻladi. Forum Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan, Iteca Exhibitions xalqaro koʻrgazmalar kompaniyasi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Progressiv islohotlar markazi koʻmagida tashkil etilmoqda. Forum tajriba almashish, innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish va suv resurslarini qoʻshma boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish uchun noyob imkoniyat yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring